Farzandingiz bugun zamonaviy bilim, texnologiya va axloqiy tarbiya uyg‘unligida ta’lim olsa — ertangi kasb va hayotda o‘z yo‘lini topadi.
Qabulga yozilish
Maktabimiz haqida savollaringiz bo'lsa, quyida ma'lumotlaringizni kiriting.
Biz siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Если у вас есть вопросы о нашей школе, пожалуйста, оставьте свои контактные данные ниже.
Мы свяжемся с вами в ближайшее время.
2025-2026 O'QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANDI!
Farzandingiz hayotidagi ilk qadamni ishonchli qo‘ying — uni Tashkent Digital School bilan boshlang!
Qabulga yozilish uchun
"TASHKENT DIGITAL SCHOOL" XUSUSIY MAKTABI
Zamonaviy bilim, kuchli axloqiy tarbiya va kelajak kasblariga tayyorgarlikni birlashtirgan maktab.
Nima uchun "Tashkent Digital School"ni tanlashingiz kerak?
Kelajak kasblariga yo‘naltirilgan zamonaviy dasturlar
Yuqori malakali, zamonaviy yondashuvga ega ustozlar
IT, sport va san’at to‘garaklari
Zamonaviy va maxsus jihozlangan sinfxonalar
Dietolog nazoratidagi sog‘lom ovqatlanish
Doimiy xavfsizlik: 24/7 kuzatuv va qo‘riqlash tizimi
Metroga yaqin qulay joylashuv
Shaxsiy yondashuv va kichik sinflar
Qabul jarayoni
"Tashkent Digital School" xususiy maktabiga qabul jarayonlarining ketma-ketligi
1.Maktabga tashrif buyurish
Ota-onalar farzandi uchun eng to‘g‘ri maktabni tanlashda avvalo o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, sharoitni baholashni xohlashadi. Shu sababli, ilk bosqichda sizni maktabimizga tashrif buyurishga taklif qilamiz. Bu tashrif davomida siz maktab muhiti, infratuzilmasi va imkoniyatlari bilan tanishasiz.
2.Maktab va o'quv dasturlari bilan tanishuv
Tashrif davomida maktabimizning ta’lim konsepsiyasi, o‘quv dasturlari, pedagogik yondashuvlari, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va rivojlantiruvchi kurslar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Bu bosqichda siz farzandingizning ehtiyojlariga mos ta’lim muhitini anglab yetishingizga yordam beramiz.
3. Ota-ona bilan suhbat
Bu bosqichda biz siz bilan yaqinroq tanishamiz: farzandingizning qiziqishlari, o‘quvga yondashuvi, oilaviy qadriyatlaringiz haqida suhbatlashamiz. Bu maktab-oila hamkorligining mustahkam asosi bo‘lib xizmat qiladi.
4. Psixolog suhbati
Farzandingiz maktab hayotiga qanday moslashadi? Ijtimoiy va emotsional rivojlanish darajasi qanday? Tajribali psixologimiz shu kabi savollarga javob topish maqsadida bolaning shaxsiy xususiyatlarini yumshoq va do‘stona suhbat orqali baholaydi.
5. O‘quvchining bilimini o‘lchash
Farzandingizning hozirgi bilim darajasini aniqlash maqsadida o‘qish, yozish, mantiqiy fikrlash va matematika fanlari bo‘yicha qisqacha diagnostika sinovlari o‘tkaziladi. Bu natijalar asosida bola uchun individual o‘quv yondashuvi ishlab chiqiladi.
6. Qabul jarayoni
Yuqoridagi barcha bosqichlar muvaffaqiyatli yakunlangach, farzandingiz maktabga rasman qabul qilinadi. Keyingi qadamda shartnoma imzolanadi va sizga maktabga tayyorgarlik bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Qabulga yozilish
Maktabimiz haqida savollaringiz bormi?
Ma’lumotlaringizni yozib qoldiring va biz siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Ko’p beriladigan savollar
Quyida bizdan tez-tez so'raladigan savollar uchun javoblarni tayyorlab qo'ydik.
Maktab 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarni qabul qiladi. Har bir sinf uchun alohida qabul jarayoni mavjud bo‘lib, u ariza topshirish, kirish imtihonlari va o‘quvchi bilan shaxsiy suhbatni o‘z ichiga oladi.
Bizning maktabdagi barcha o'qituvchilarimiz ko'p yillik tajribaga va zamonaviy dunyoqarashga ega bo'lgan o'qituvchilar hisoblanadi.
O‘quvchilar kun davomida 3 mahal ovqatlanadilar. Taomnoma tibbiy va dietologik talablarga muvofiq, malakali mutaxassislar tomonidan tuziladi hamda doimiy ravishda nazorat qilinadi.
Ha, mavjud. Yillik to‘lovni ikki qismga bo‘lib – har 6 oyda yoki oyma-oy to‘lab borish imkoniyati mavjud. Siz uchun qulay to‘lov usulini tanlashingiz mumkin.
Bizning manzil
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tuzel 2-mavzesi, Imom Buxoriy ko'chasi, 31
+998 55 518-20-25
Kelajak uchun sifatli ta'limni ta'minlash.
tashkent digital school
bu zamonaviy bilim, kuchli axloqiy tarbiya va kelajak kasblariga tayyorgarlikni birlashtirgan maktab.
Aloqa uchun
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tuzel 2-mavzesi, Imom Buxoriy ko'chasi, 31